Call-markaz yoki qo'llab-quvvatlash xizmati uchun chat-bot — bugungi kunda tez-tez uchraydigan buyurtma turi. Odatda buyurtmachi bo'lib davlat tashkiloti, bank, aloqa operatori yoki ko'p mijozga xizmat ko'rsatadigan kompaniya chiqadi: ularda murojaatlar oqimi katta, operatorlar bir xil savollarga ko'p vaqt sarflaydi, va bu yukni avtomatlashtirish orqali yengillashtirish kerak bo'ladi.
Texnik topshiriqda odatda botning qayerda ishlashi (Telegram, sayt), nima qilishi kerakligi (tez-tez so'raladigan savollarga javob berish, murojaatlarni qabul qilish) yozilgan bo'ladi. Lekin bot — bu shunchaki dastur emas, u tashkilotning bilim bazasi va jonli operatorlar bilan ishlaydigan jarayon. Shu jarayonning detallari ТЗда tushib qolsa, loyiha ishlab chiqish bosqichida emas, aynan qabul qilish bosqichida muammoga aylanadi.
Chat-botni ishlab chiqish bosqichida kelishmovchiliklar odatda texnik qismda emas, balki 'kim nima tayyorlaydi' va 'sifatni qanday tekshiramiz' degan savollarda chiqadi. Quyida — tipik texnik topshiriqda nimalar ko'pincha noaniq qoladi va bu nimaga olib keladi.
Buyurtmachilar va xaridlarni nomlamaymiz: kimningdir tenderini emas, odatiy texnik topshiriqni tahlil qilamiz.