Jamoa uchun tadbir qancha turishini saytdan bilib bo'lmaydi
Oqibati. Olti sahifaning birortasida ham narx topilmadi: na bosh sahifada, na katalogda, na kontaktlarda. «Necha pul?» deb so'rash deyarli har kimning birinchi savoli. Unga javob bermagan sayt endi sifat bilan emas, kim sabrliroq ekani bilan raqobatlashadi. Yozib so'rashga sabr faqat ozchilikda yetadi, qolganlari narx yozilgan joyga ketadi, siz esa ularning bo'lganini ham bilmay qolasiz.
Nima qilamiz. Asosiy formatlar bo'yicha «dan va gacha» oralig'ini qo'yamiz va yakuniy summa nimaga bog'liqligini (odamlar soni, joy, davomiyligi) tushuntiramiz. Matnlar bilan birga bir-ikki kun.