Saytda hech qayerda tur narxi ko'rsatilmagan
Oqibati. Sayohat tanlayotgan odam uchun "qancha turadi" — birinchi savol. Javob topa olmagan mijozning katta qismi so'rab yozish o'rniga narxi ko'rsatilgan boshqa turoperator saytiga o'tib ketadi. Qolganlari esa savol yozadi, lekin bu ancha kam sonli odamlar.
Nima qilamiz. Asosiy turlar bo'yicha "dan-gacha" formatidagi narx oralig'ini qo'yamiz va narxga nima ta'sir qilishini tushuntiramiz. Bu pastki chegara bo'yicha sotishga majburlamaydi, lekin byudjeti mos kelmaydiganlarni oldindan ajratib beradi. Matnlar bilan birga bir-ikki kun.

