Do'kon havolasi Telegram va WhatsAppda rasmsiz, yalang'och manzil bo'lib ketadi
Oqibati. Tarmoq uskunasini ko'pincha maslahat bilan olishadi: «mana bu do'konda bor ekan» deb havola yuboriladi. Karta o'rniga quruq manzil ketsa, bosib ko'rish ehtimoli pasayadi, tavsiya qilganlarning mehnati esa behuda ketadi.
Nima qilamiz. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar uchun rasm va sarlavha qo'shamiz, havola chiroyli kartaga aylanadi. Rasm tayyorlash bilan birga taxminan ikki soat.



