Qabul, konsultatsiya yoki tekshiruv narxi hech qayerda yozilmagan
Oqibati. Bosh og'rig'i yoki uyqu buzilishi bilan kelgan odamning birinchi savoli — "qabul qancha turadi". Sayt bu savolga javob bermaganda, odamlarning ko'pchiligi qo'ng'iroq qilib so'rashga ulgurmay, narxi ko'rsatilgan boshqa markazga o'tib ketadi. Jim turish "qimmat" yoki "kelib-kelib savdolashish kerak" degan taassurot qoldiradi.
Nima qilamiz. Asosiy xizmatlar — birlamchi qabul, konsultatsiya, EEG yoki boshqa tekshiruvlar — bo'yicha "dan-gacha" narx oralig'ini qo'yamiz va nimaga bog'liqligini tushuntiramiz. Bu eng past narxga sotishga majburlamaydi, lekin pul masalasida qiynalganlarni oldindan ajratib beradi. Matnlar bilan birga bir-ikki kun.

